Ushbu eko-sana atrof-muhitni asrash va plastik chiqindilardan ifloslanishining oldini olishga qaratilgan. Bu kun barchani qayta ishlatiladigan vositalardan foydalanishga undaydi.
Plastik paketlar haqida faktlar:• BMT ma'lumotlariga ko'ra, har yili butun dunyoda 5 trillion plastik paket ishlatiladi. Shu bilan birga, har yili 8 million tonna plastik chiqindi okeanga tashlanadi;
• Tabiiy muhitda polietilenning parchalanishi uchun ikki yuz yildan ortiq vaqt ketadi, plastik esa deyarli 450 yilda parchalanadi;
• Plastik paketlar qirg'oqlarni ifloslantiradigan va tozalash paytida to'planadigan eng keng tarqalgan o'nta turdagi chiqindilar qatoriga kiradi;
• agar dunyodagi barcha plastik paketlar bir joyga yig‘ilsa, yer sharini 4200 marta aylanib chiqish uchun yetarli bo‘ladi.
Yurtdoshlarimizni plastik paketlardan voz kechish, ularni qayta foydalanish mumkin bo‘lgan ekologik paketlarga almashtirish orqali tabiatni asrab-avaylashga chaqiramiz!