Instagram ijtimoiy tarmog‘ida "arofat.malim" sahifasi muallifi Arofat Sheraliyeva tomonidan Toshkent viloyati Parkent tumani, Parkentsoy hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida maishiy chiqindilar to‘planib qolgani yuzasidan murojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaat "Zero Waste" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, shu kunning o‘zida korxonaning Parkent tumani filiali xodimlari tomonidan hududda tozalash ishlari amalga oshirildi hamda to‘planib qolgan maishiy chiqindilar to‘liq olib chiqib ketildi."Zero Waste" MCHJ Matbuot xizmati fuqarolarning murojaatlari va jamoatchilik nazoratini o‘z faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim omillardan biri sifatida qadrlaydi. Shu munosabat bilan Arofat Sheraliyevaga mazkur holatga befarq bo‘lmagani, muammoni yoritgani hamda uni xolis va to‘g‘ri talqin etgani uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.
"Zero Waste" MCHJ Matbuot xizmati ommaviy axborot vositalari, blogerlar va faol fuqarolar bilan ochiq muloqot hamda samarali hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanini ma’lum qiladi.