Yashil iqtisodiyot, aylanma iqtisodiyot va ekologik innovatsiyalar sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri — ECOMONDO 2026 ko‘rgazmasi 2026-yil 3–6-noyabr kunlari Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbir har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab kompaniyalar, investorlar, davlat tashkilotlari, tadqiqotchilar va ekologiya sohasi mutaxassislarini bir maydonga jamlaydi.Ko‘rgazmada chiqindilarni boshqarish, suv resurslarini muhofaza qilish, bioenergetika, qishloq xo‘jaligi, ifloslangan hududlarni tiklash hamda atrof-muhit monitoringi kabi yo‘nalishlardagi eng so‘nggi texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladi.
🔹 Ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishlari:
♻️ Waste as Resource – chiqindilarni boshqarish, saralash va qayta foydalanish
💧 Water Cycle & Blue Economy – sanoat, kommunal va qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv va oqava suvlarni boshqarish
🌱 Bioenergy & Agriculture – organik chiqindilarni qayta ishlash va bioenergetika yechimlari
🌍 Site & Soil Restoration – ifloslangan hududlar va tuproqlarni tiklash hamda boshqarish
📡 Environmental Monitoring & Control – atrof-muhit holatini monitoring qilish va nazorat qilish texnologiyalari.
📊 ECOMONDO 2026 doirasida 1 700 dan ortiq eksponent kompaniya ishtirok etishi, 116 mingdan ziyod tashrif buyuruvchi kelishi hamda 165 900 kvadrat metr maydonda ko‘rgazma tashkil etilishi rejalashtirilgan.
🎯 Tashkilotchilar professional auditoriya vakillarini Hosted Buyers dasturida ishtirok etishga taklif etmoqda. Dastur doirasida ishtirokchilarga 3 kecha mehmonxonada turar joy, Bolonya aeroportidan transfer, ko‘rgazmaga bepul kirish, maxsus lounge hududidan foydalanish hamda biznes uchrashuvlarini oldindan rejalashtirish imkoniyati taqdim etiladi.
📌 Dastur ishtirokchilari ko‘rgazma davomida eksponent kompaniyalar bilan kamida 10 ta oldindan rejalashtirilgan uchrashuv o‘tkazishi va tadbirda kamida ikki kun qatnashishi lozim. Shartnoma imzolash majburiy emas.
🌐 Batafsil ma’lumot: https://en.ecomondo.com/
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
EXPO CONNECT
Inga Gulyanskaya
📧 inha.hulianska@expoconnect.me
📱 +380 98 638 89 54