“Zero Waste” mas’uliyati cheklangan jamiyatida texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda jamiyatning Xodimlar bilan ishlash hamda texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Gaziyeva Ozodaxon Gafurjanovna tomonidan malaka oshirish kursini namunali yakunlagan xodimlarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Sertifikatlar quyidagi xodimlarga topshirildi:

Yegamberdiyev Azizbek Adilbek o‘g‘li – Yuqorichirchiq tumani filiali Foydalanish bo‘limi boshlig‘i;
Arslanov Nosirjon Izatulla o‘g‘li – Angren tumani filiali Ma’muriy boshqaruv apparati bo‘limi bosh muhandisi;
Abduraxmonov Abduxalil Abduxamid o‘g‘li – Parkent tumani filiali Ma’muriy boshqaruv apparati bo‘limi bosh muhandisi.

Ta’kidlash joizki, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirib borish ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash, mehnat madaniyatini yuksaltirish hamda baxtsiz hodisalarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Zero Waste” MChJda xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarni rag‘batlantirish esa ushbu yo‘nalishdagi ishlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Sertifikat topshirish tadbiri jamiyatda xavfsiz mehnat muhitini shakllantirish, xodimlarning kasbiy mas’uliyatini yanada mustahkamlash hamda ularni yangi yutuqlarga ruhlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.